Iste'mol krediti mijozlarga ularning iste'mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladi, jumladan:
- Iste'mol tovarlari sotib olish (uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnika vositalari, mebel va interyer buyumlari va boshqalar);
- Uy-joylarni ta'mirlash bilan bog‘liq qurilish mollari sotib olish va/yoki uy-joylarni ta'mirlash xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- Boshqa iste'mol maqsadlari.
Kreditlar faqat O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida, 3 (uch) yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
Iste'mol krediti uchun Bank tomonidan ajratiladigan kredit mablag‘i kredit rasmiylashtirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 300 (Uch yuz) baravaridan oshmasligi lozim.
Kredit olish uchun mijoz ariza (kredit buyurtmanomasi) rasmiylashtiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
- Ariza beruvchining va birgalikda qarz oluvchining pasportining asl nusxasi;
- Iste’mol tovarlari oldi-sotdi shartnomasi;
- Ta`minot (kredit miqdoriga ko`ra ko`chmas mulk, avtotransport yoki uchinchi shaxs kafilligi).
Kredit foiz stavkalari:
1-12 oy - 25.5%;
13-24 oy - 26%;
25-36 oy - 28%;